Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 25 fevral kuni taxminan 10:10 da gaz quyish shoxobchasida turgan Nexia portladi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

32 yoshli Sh. O. boshqaruvidagi avtomobil «Xolis Tafakkur» avtomobillarga siqilgan metan gaz quyish shoxobchasida turgan vaqtda portlab ketgan. Jiddiy tan jarohati olganlar yo‘q.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.