Avvalroq Xitoydan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan va «Bo‘ston» sanatoriyasida ikki haftalik karantinda bo‘lgan 294 fuqaro uylariga kuzatildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Virusologik tahlil natijalari fuqarolarning hech birida koronavirus infeksiyasi mavjud emasligini ko‘rsatdi.

4−6 fevral kunlari Pekindan Toshkentda to‘rtta reys bilan jami 584 vatandosh evakuatsiya qilingan edi. Ularning 459 nafari erkak, 125 nafari ayollardir.

Karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan chorshanba va payshanba kunlari boshqa tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan fuqarolar ham uylariga kuzatiladi, deya aniqlik kiritdi SSV.