Bugun, 13 fevral kuni soat 7.40 da Chilonzor tumani «Bo‘rijar» kanalida taxminan 45−50 yoshli noma’lum ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Jasadning tanasida zo‘ravonlik izlari yo‘q. Voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB va prokuratura rahbarlari yetib keldi.