O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 10 fevraldagi Farmoniga asosan Uzoqov Shuhrat Sharapovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Shuhrat Uzoqov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.