Navoiy viloyatining Kanimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi, shu jumladan bir yoshli bola halok bo‘ldi, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti matbuot xizmati.

Hodisa 9 fevral kuni taxminan soat 01:50larda Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 «Zarafshon-Navoiy» avtomobil yo‘lining 154 km.da sodir bo‘ldi. 24 yoshli R.N. Lacetti avtomashinasida belgilangan tezlikni oshirgan holda harakatlanib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan va 23 yoshli N.J. ning boshqaruvida bo‘lgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Natijada Nexia rusumli avtomashina xaydovchisi N.J. voqea joyida va avtomashina yo‘lovchisi 1 yoshli chaqaloq A.Sh. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda