Toshkent hokimiyati Shayxontohur tumani hokimligining Shodlik Palace mehmonxonasini rekonstruksiya qilish tashabbusi bilan chiqqaniga oid ma’lumotni o‘rganmoqda, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mehmonxona binosi hududida «Ilhom» teatri ham faoliyat ko‘rsatadi va bino to‘liq rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan aprelga qadar binoni bo‘shatib qo‘yish so‘ralgan. Mehmonxonaning yangi egasi Ofelos Plaza kompaniyasi rekonstuksiya ishlari Shayxontohur tuman hokimiyati talabi bilan amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.

Bu masala aniqlashtirilgach, uning tafsilotlari haqida yana ma’lumot beriladi.

Poytaxt ma’muriyati Shodlik Palace binosi xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib, Toshkent shahar hokimligi tasarrufida emasligini ham qayd etib o‘tdi.