Shu paytgacha O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori, shu bilan birga madaniyat vaziri bo‘lgan Baxtiyor Sayfullayev Senat a’zosi etib tayinlangach, o‘quv yurtida rahbarlik lavozimi bo‘sh qolgan.

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan senator Baxtiyor Sayfullayev 2017 yil avgustdan buyon Madaniyat vazirligini boshqarib kelayotgandi. Shuningdek, unga Davlat konservatoriyasi rektori vazifalari ham yuklatilgandi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, Senatda doimiy asosda ishlovchi senator o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.

Ayni paytda konservatoriya rektori vazifalari uning o‘quv-ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov zimmasiga vaqtincha yuklatilgan.

1936 yilda tashkil topgan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi Markaziy Osiyoda ilk tashkil etilgan va musiqa san’ati sohasida professional mutaxassislarni tayyorlaydigan yagona, eng keksa oliy musiqiy ta’lim muassasalaridan biridir.