Polkovnik Karimov Jamshid Abduxakimovich Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Jamshid Karimov Toshkent IIB YHXB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Ravshan Yunusmetov.

IIV YHXBB boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosari va yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Yunusmetov Ravshan Azadbekovich Namangan viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.