Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yo‘l-transport hodisasi natijasida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirigi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Fojiali hodisa 1 fevral kuni 8:30 da sodir bo‘ldi. 19 yoshli Cobalt haydovchisi Sh. B. avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 21 yoshli S. M. boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.

Damas haydovchisi va uning yo‘lovchilari — 55 yoshli Sh. A., 27 yoshli D. E. va 28 yoshli M. S. — olgan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan, yana uch yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri 24 yoshli S.A. shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.

Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarining buzilishi odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.