O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bugun ikki yo‘nalish chempionligi uchun jang qilib, g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

WBA va IBF yo‘nalishlari chempionligi uchun o‘tkazilgan jangda Murodjon amerikalik Daniel Romanga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda g‘olib ochkolar bo‘yicha hisoblandi. Unga ko‘ra hakamlar 113:115, 115:113: 115:113 hisoblarida Murodjon Ahmadaliyevning g‘alabasini qayd etdi.

Shu tariqa, Ahmadaliyev o‘zbek boksi tarixida ikki yo‘nalishda chempion bo‘lgan ilk bokschiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘zbekistonlik bokschilardan Artur Grigoryan va Ruslan Chagayev jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgandi. Ammo, o‘zbekistonliklar ichida hali hech kim ikki yo‘nalishda chempionlik kamariga ega chiqmagandi.