O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilga Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berishni taklif qildi.

Bu haqda davlat rahbari juma kuni parlamentga murojaatida to‘xtalib o‘tdi. Mazkur murojaatda davlat rahbari mamlakatni 2020-yil va keyingi besh yilga rivojlantirish vazifalarini belgilab beradi.