2020 yil 18 yanvar kuni soat 11:00 larda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida beshta avtotransport ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona xalqa avtomobil yo‘lida qalin tuman tushishi oqibatida ko‘rish darajasi pasayganligi sababli 4R 112 «Farg‘ona halqasi» avtomobil yo‘lining 289-kilometrida haydovchi Buvayda tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Yu.N. shu manzilda yashovchi otasiga tegishli «Kamaz-5511» rusumli avtomobilini burilib olish joyidan burib olayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 4 ta «Neksiya» rusumli transport vositalari Yu.N. boshqaruvidagi yuk avtomobiliga kelib urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada «Neksiya» avtomobillarining uch nafar yo‘lovchisi va bir nafar haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, yana bir yo‘lovchi olgan tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.