6 yanvar, dushanba kuni soat 13:30 da Namangan viloyatining Pop tumanidagi Oq-Kurcha uchastkasida o‘zbek chegarachilari davlat chegarasini buzuvchilarni payqadi, deya xabar beradi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati.

500 ga yaqin mayda shoxli mollar boqayotgan Qirg‘iziston fuqarolari o‘z davlatlari chegarasidan 1,5 km masofada O‘zbekiston hududiga kirib kelishdi, deb aniqlik kiritdi Chegara xizmati matbuot xizmati.

O‘zbekiston chegarachilari chegarani buzish joyiga yetib kelishlaridan oldin qirg‘iz cho‘ponlar podaning ko‘p qismini Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatining Arab Ala-Buka tumaniga qaytarib o‘tishgan. Qolgan podalar Oq-Kurchada bo‘lgan.

O‘zbekiston chegarachilari chorva mollari va tinch aholini «ikki tomonlama kelishuvda erishilgan chegara chizig‘idan tashqariga» — Qirg‘iziston hududiga chiqarib yuborishgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, mojaro ijobiy hal qilingan, chegara hududi aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.ilari o‘rtasida janjalli mojaro kelib chiqqani, mojaroni to‘xtatish uchun harbiy xizmatchilar havoga o‘q uzganini xabar qildi. Jabrlanganlar yo‘q.