Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan 11 oyida 2018 yilning shu davriga nisbatan respublika bo‘yicha sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari 11,9 foizga (8077 tadan 7115 taga), ularda halok bo‘lganlar soni 11,6 foizga (2066 tadan 1826 taga), jarohatlanganlar soni 13,7 foizga (7564 nafardan 6531 nafarga) kamayishiga erishildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri YPX xodimlari va harakat ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni tartibga solishdan iboratdir.

Prezidentning 2017 yil 11 iyuldagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 dekabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi begilab berildi.

Nizom talablariga ko‘ra 2019 yil 1 iyuldan boshlab YPX xodimi xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi va bu haqda yo‘l harakati ishtirokichisini ogohlantirishi belgilangan edi. Lekin mobil videokamerani olib kelish va joriy etish bo‘yicha ayrim texnik sabablarga ko‘ra ushbu muddat 2020 yil 1 yanvarga ko‘chirildi.

Mobil videokameradan (keyingi o‘rinlarda bodikamera) foydalangan holda xizmat olib borish, xodimning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda shafoflikni ta’minlaydi hamda haydovchi va xodim o‘rtasidagi turli xildagi baxsli holatlar barxam topadi.

Jumladan,

— haydovchi va xodimning noqonuniy muloqotga kirishi hamda korrupsion holatlarining oldi olinadi;

— xodimlar tomonidan harakat ishtirokchilariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari sodir etilishining oldini olish imkonini yaratadi;

— shuningdek, harakat ishtirokchilari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilsa yoki xodimga nisbatan tajovuzkorlik qilinganda va haqoratli so‘zlar ishlatilganda, ularnig aybini isbotlash uchun bodikameraga olingan video yozuvdan foydalaniladi;

— jamoat joylaridagi vaziyatni, fuqarolarning harakatlari va ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi;

— xodimning xizmat faolitini real-vaqt (onlayn) rejimida nazorat qilish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu Nizomda xodim tomonidan transport vositasini to‘xtatish asoslari va tartibi, xodimning yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari, xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etish tartibi kabilar belgilab berildi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, xodimlarni bodikameralar bilan ta’minlash maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bodikameralar uchun texnik topshiriq va dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Berilgan texnik topshiriqlar talablariga javob berdigan Xitoy xalq respublikasining “Xaytera” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 50 ta bodikamera Toshkent shahrida jumladan, 32 tasi YPX xodimlari, 18 tasi PPX xodimlari tomonidan joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida test sinovlaridan o‘tkazildi.

Respublika bo‘yicha server moslamalarini joylashtirish uchun 65 ta, bodikamelarni joylashtirish uchun 192 ta joy tayyorlandi;

Xitoy xalq respublikasining “Xaytera” kompaniyasidan 6193 ta bodikamera xarid qilindi (ushbu bodikameralar YPX va PPX xodimlariga beriladi).

Ushbu bodikameralarga tegishli dasturlar (programma) o‘rnatilib, kerakli miqdorda sim-kartalar bilan ta’minlandi hamda himoyalangan VPN-kanallari orqali aloqa yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur qurilma va jihozlar tasdiqlangan taqsimotga asosan o‘rnatilgan tartibda joylarga tarqatildi.

Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 200 dona, Toshkent shahriga 2 876 dona, Andijon viloyatiga 187 dona, Buxoro viloyatiga 212 dona, Jizzax viloyatiga 188 dona, Qashqadaryo viloyatiga 236 dona, Navoiy viloyatiga 185 dona, Namangan viloyatiga 184 dona, Samarqand viloyatiga 341 dona, Surxondaryo viloyatiga 203 dona, Sirdaryo viloyatiga 183 dona, Toshkent viloyatiga 432 dona, Farg‘ona viloyatiga 289 dona, Xorazm viloyatiga 191 dona bodikameralar berildi. 193 donasi zaxiraga olindi.

Bodikameralar 2020 yilning 1 yanvar kunidan boshlab amaliyotda ishlatiladi.