Ertadan O‘zbekistonda hukmronlik qilayotgan sovuq antitsiklon asta-sekin chekinib, Qozog‘istonning shimoliy-sharqiy qismiga harakatlanadi, deya xabar qildi O‘zgidromet matuot xizmati.

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tarilib 5−10 daraja iliqni tashkil etadi, kechasi 0−5 daraja sovuq havo saqlanib turadi.

Chorshanba kunidan boshlab haftaning oxiriga qadar O‘zbekiston hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0−5 daraja iliq, kuduzi 10−15 daraja iliqqacha ko‘tariladi va bu meyordan 3−5 daraja yuqori.

Hafta davomida respublika bo‘yicha ayrim joylarda tuman tushishi sababli kechasi va ertalab ko‘rinish pasayishi mumkin.