Toshkentda metroning Yunusobod yo‘nalishi davomini qurayotgan «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi raisi Xusniddin Hosilov 18 dekabr kuni tuproq o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lgan quruvchilarning yaqinlariga barcha xodimlar va shaxsan o‘z nomidan hamdardlik bildirdi.

«O‘rnini to‘ldirib bo‘lmas bu yo‘qotishdan qalbim qayg‘u va hamdardlikka to‘la. Biz bu bu yigitlarimiz har doim o‘zlarining yaqinlari uchun juda ko‘p ezguliklar qilgan chinakam qahramonlar sifatida qoladi», — deya kompaniya raisi so‘zlaridan iqtibos keltirdi matbuot xizmati.

«Inson hayoti bebaho va hech qanday tovon pullari o‘z yaqinlarini yo‘qotgan oilalarning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas bu yo‘qotishini to‘liq qoplamaydi. Fojiada halok bo‘lgan do‘stlarimizning oilalari munosib yashashlari uchun barcha zarur ishlarni bajarishga so‘z berishni xohlardim», — dedi Xusniddin Hosilov.