O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov Vashingtonda, UFC’dagi ikkinchi jangida hamyurtimiz mezbon sportchi Trevor Smitga qarshi jang qildi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Uch raundga mo‘ljallangan jang uchinchi raundda yakuniga yetdi. Mahmud o‘zining kuchli zarbasi bilan raqibini nokaut holatiga tushirdi va UFC’dagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi. Zarbadan so‘ng Smitning «kapa"si ham chiqib ketdi va raqib ancha vaqt o‘ziga kela olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Murodov UFC’dagi ilk jangini 28 sentyabr kuni o‘tkazgan va ochkolar hisobiga ko‘ra raqibini mag‘lub etgandi.