11 noyabr kuni soat 6:30 atrofida Farg‘ona viloyatining Rishton tumani «Zarariq» mahallasida yashagan opa-singil yashash tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Ular yashash xonadonidagi hammomga yuvinish maqsadida kirgan vaqtida hammomni isitishga mo‘ljallangan qo‘lbola pechga ulangan tabiiy gaz o‘chib-yongan. Natijada opa-singil hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.