Faoliyatidagi ayrim kamchiliklari uchun G‘uzor tumani hokimi S.Boboqulovga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan, xayfsan berildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i ham o‘zgardi.

Viloyat pensiya jamg‘armasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Yusupov Fayzulla Yoqubovich viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.