Yakshanba kuni O‘zbekistonning shimoliga Ural hududidan salqin havo oqimi kirib kelishni boshladi, Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik, Ustyurtda esa birinchi qor yog‘di, deya xabar qildi O‘zgidromet. Ushbu joylarda harorat 10−15 daraja, Ustyurtda ayrim joylarda 0 darajagacha pasaydi.

Kechasi sovuq oqim respublikaning barcha hududlariga tarqaldi, mamlakatimiz bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda jalaga aylanib harorat keskin pasaya boshladi. Bugun yog‘ingarchilik to‘xtaydi, harorat 8−10 darajani, shimolda 3−8 darajani tashkil qiladi.

5 noyabrdan 9 noyabrgacha O‘zbekistonda sovuq antitsiklon hukmronlik qiladi, ob-havo kam bulutli bo‘lib yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechasi va 5 noyabr kuni tongda Srxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Kechasi harorat 0−5 daraja iliq, atrofida bo‘ladi, 5−7 noyabrda ilk kuzgi ayoz kuzatiladi, kunduzgi harorat 5−7 noyabrda 8−13 daraja, 8−9 noyabrda 10−15 daraja iliq bo‘ladi.