2019 yil 2 noyabr kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar, Boyovut ko‘chasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida o‘rnatilgan suv issitish gaz «kolonka"sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Marhumning turmush o‘rtog‘i D.V. esa is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.