«Islom davlat» terroristik tashkiloti o‘zining yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiyning o‘limini tasdiqladi. Abu Ibrohim al-Hoshimi al-Qurayshiy uning yangi yetakchisi bo‘ldi, deya xabar qildi Euronews telekanali.

Xabar payshanba kuni guruh nomidan audioyozuv shaklida taqdim etildi. O‘tgan yakshanba kuni AQSH Suriyadagi maxsus operatsiya vaqtida al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Keyinroq reyd jarayonida yana oltita jangari, jumladan to‘rt ayolning o‘ldirilgani, al-Bag‘dodiyning esa ikki bola bilan o‘zini portlatib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Al-Hoshimiy al-Qurayshiyning o‘z vorisi ekanini tiriklik vaqtidayoq e’lon qilgan edi.

Vashington 2011 yilda Abu Bakr al-Bag‘dodiyning boshi uchun 10 mln dollar, 2017 yilda esa 25 mln dollar va’da qilgandi.