25 oktyabr kuni taxminan 11:30 da Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi «Toshkent savdo majmuasi» (sobiq «Abu Saxiy») hududida ishlayotgan besh nafar yuk tashuvchi o‘rtasida kelib chiqqan janjal ulardan birining o‘limiga olib keldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Janjal ishtirokchilaridan biri G. Nazarov peshlavhalardagi polyuvgichlardan birining metall dastasini olib, I. Normatovga bir necha marta zarbalar berdi. Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi jonlantirish bo‘limida vafot etdi.

Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan G. Nazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qism «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 26 oktyabr kuni unga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.