Qarshi shahridagi «Nuriston» mahallasining 3-mitti tumanda joylashgan 9, 43, 7,8-sonli ko‘p qavatli uylar atrofida 1 oydan beri ichimlik suvi quvuri teshilganligi sababli isrof bo‘lmoqda. Holat yuzasidan «Nasafnews»ning telegram manziliga video va fotolar kelib tushdi.

Bundan tashqari yo‘llangan murojaatda shunday deyiladi:

— Ko‘chamizdan o‘tgan quvur teshilganligi sababli, har kuni kechqurun suv kelsa yo‘llar ko‘lmakka aylanib qoladi, — deydi Mohira Qosimova.

Ichimlik suvi isrof bo‘layotganiga 1 oyga yaqinlashdi. Lekin hech kimning bu muammo bilan ishi yo‘q. «Suvoqova» davlat unitar korxonasi Qarshi shahar filialining 225 03 96 raqamiga bog‘lanib muammoni aytdik. Lekin hamisha bir xil javob, «ishimiz juda ko‘p, ulgurmayapmiz» deyishdan nariga o‘tishmaydi.

«Nasafnews»ning telegram manziliga yo‘llangan videolarda aholi «Shaharsuvoqova»ning mas’ullarini beparvolikda ayblagan.

— «Respublika chiqsang chiq, qayerga borsang bor, qo‘lingdan kelganini qil» deb dispetcher telefonni o‘chirib qo‘ydi, — deyiladi videolarning birida.