30 oktyabr kuni soat 00:20 da Toshkentning Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida uchta avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Nexia avtomobili haydovchisi 33 yoshli Salim R. svetoforda to‘xtab turgan 27 yoshli Akromjon Ch. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashuv sodir etdi.

Zarbadan Matiz avtomobili yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanib kelayotgan 35 yoshli Ahrolbek Yu. boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashdi.

YTH natijasida Akromjon Ch. tan jarohatlari olib, tibbiy yordamga murojaat qildi. Matiz avtomobilining 19 yoshli yo‘lovchisi Daniyel A. olgan jarohatlari oqibatida hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi.