Shanba, 26 oktyabr kuni belorus OAV vakillari Ravon R2, R3 va R4 avtomobillarida Toshkent-Minsk avtosafarini boshladi. 4000 kmdan ziyod uzunlikdagi safar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Belarus hududlaridan o‘tadi. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar qildi.Tut.by, Onliner.by, Av.by, Abw.by internet nashrlari jurnalistlari avtosafar taassurotlarini yoritib boradi. Ular O‘zbekistonga tashrif vaqtida Asakadagi zavodda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. Tashkilotchilar va ishtirokchilarning ta’kidlashlaricha, avtosafardan ko‘zlangan maqsad — belorus ise’molchilariga o‘zbek avtomobillari ishonchliligini namoyish etishdan iborat.

Spot.uz nashrining yozishicha, aprel oyi boshida UzAuto Motors Nexia R3 va R4 modellarining ilk partiyasini jo‘natgan. Kompaniya 2019 yil eksport salohiyatini rivojlantirish yili deb e’lon qilingani, shu munosabat bilan yangi eksport bozorlarini jalb qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotganini ma’lum qildi.