Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibi ilk bor o‘tkazilayotgan D-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketa majmuasi sinovida ishtirok etadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Mazkur raketalar sinovi Navoiy viloyatida joylashgan «Kulquduq» poligonida o‘tkaziladi va O‘zbekiston havo hududlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan, deya ma’lum qildi vazirlik.

Xitoyda ishlab chiqarilgan FD-2000 uzoq masofali zenit raketa majmuasi kunduzi va tunda, har qanday ob-havo sharoitida raqibning barcha balandlikdagi samolyotlari, qanotli raketalari va vertolyotlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.