18 oktyabr kuni soat 06.20 larda «Navoiy-Zarafshon» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro Sarvar M. boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz baloni portladi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa natijasida avtomashina haydovchisi Sarvar M. (1959 y.t.) va yo‘lovchi Rustam M. (1987 y.t.) voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, yo‘lovchi Manzura B. (1937 y.t.) og‘ir tan jarohati olib Konimex tumani shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.