2019 yil 11−12 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi kun tartibiga kiritilgan 31 masaladan 19 tasi qonun, Vazirlar Mahkamasiga oid 4 ta parlament so‘rovi ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yigirma uchinchi yalpi majlis faoliyati birinchi marta onlayn rejimda Oliy Majlis Senatining rasmiy sayti orqali va uning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida translyatsiya qilindi. Yalpi majlisni yoritish uchun mamlakatimiz va xorij ommaviy axborot vositalarining 130 nafardan ortiq vakili akkreditatsiya qilindi.

Senatorlar tomonidan ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari demokratik islohotlar va yangilanishlarni izchil amalga oshirishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgani ta’kidlandi. Xususan, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi, «Metsenatlik to‘g‘risida"gi, «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi, «Mudofaa to‘g‘risida"gi va «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida"gi qonunlar bugungi kun nuqtai nazaridan dolzarb ahamiyatga egaligi majlisda alohida e’tirof etildi.

Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar ichida Namangan viloyatining Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida, Andijon viloyatining Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida, Andijon viloyati Bo‘z tumanining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida qo‘mitalar a’zolarining axborotlari senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shu bilan birga, Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitildi. Hududda amalga oshirilayotgan ishlar,

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini ta’minlash, shuningdek, ota-onalar qarovisiz qolgan va mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborildi. Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlash, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish kabi masalalar senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.