Hukumatning 2019 yil 11 oktyabrdagi qarori bilan Ravshan Erbekovich Umarov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi prezidentning 2019 yil 18 maydagi farmoniga asosan Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan.