O‘zboshimchalik bilan oltin qazish chog‘ida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Fojia 17 sentyabr kuni taxminan 18:30 da Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan, davlat zahirasida bo‘lgan «Qoraqo‘ton» tog‘ hududidagi shaxtada sodir bo‘ldi.

Uch nafar oltin qazuvchini tog‘ toshi bosib qolgan — ikki nafari hodisa joyida vafot etgan bo‘lsa, biri fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.