Ukrainalik xalqaro toifadagi triatlet Viktor Zemsev triatlon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi, deya xabar qildi Triatlon federatsiyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Viktor Zemsev — triatlon bo‘yicha Ironman musobaqalarining o‘n karra g‘olibi, avval Z Iron Team bosh murabbiyi va RedLava Team jamoasi kapitani bo‘lgan. 2005 yilgi ITU Long Distance jahon chempionati g‘olibi, 2017 yilgi ITU Yevropa chempionati sovrindori va ko‘p karralik Ukraina chempioni.

Yaqin vaqtlarda O‘zbekiston sportchilari Akaba (Iordaniya) shahridagi musobaqalar hamda O‘zbekiston Kubogi final bosqichida ishtirok etadi. Ushbu musobaqalardan so‘ng, murabbiy so‘zlariga ko‘ra, terma jamoa shakllantiriladi.

«O‘ylaymanki, terma yil davomida to‘ldiriladi va o‘zgartiriladi, chunki erishganlar bilan to‘xtab qolmaydi. Hozir men 10 sportchi bilan ishlayapman va mamlakat miqyosida bu ochiqchasiga yetarli emas», — dedi Viktor Zemsev. «Ayni vaqtda birlamchi vazifa, bu — xalqaro maydonga chiqish, birinchi navbatda kuboklar va Osiyo chempionatlar darajasidagi muvaffaqiyatlarga erishish», — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari va davlat rahbarining kuyovi Otabek Umarov Triatlon federatsiyasiga rahbar bo‘lgan edi.