Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan, 2019 yil 29 avgust kuni Zangiota tumanidagi Xo‘jalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksida «Mening yurtim» telekanali ijodkorlari hamda Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari A.Mavlyanov ishtirokida yuzaga kelgan voqea bugun do‘stona hal etildi. Bu haqda Zangiota tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvi ijodkorlari bilan uchrashib vaziyatga oydinlik kiritib olindi.

Eng asosiysi operator Mohir Eshmuhammedov bilan Avazbek Mavlyanov yuzaga kelgan masalaga o‘zaro oydinlik kiritib oldi. Do‘stona, samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv tez kunlarda «My5» telekanalida efirga uzatiladi.