2019 yilning 5 sentyabr sanasida prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, chet el valyutasida davromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladilar (hozirga qadar chet el valyutasida yechibolishi mumkin bo‘lgan), chet el valyutasidan chet elda foydalanish bundan mustasno.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga ularning boshqaruv organlari 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berildi.