2019 yil 21 avgust kuni soat 01:54 da, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 69-uyda joylashgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xududida joylashgan binoning oshxonasi, yordamchi xonalari va tom qismi 400 kv.m. maydonida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 02:00 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:45 da qurshab olinib, soat 03:36 da o‘chirilgan. Voqea joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Baxtsiz hodisa elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yuz bergan hodisa natijasida insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.