Yo‘l harakati xavfsizligini yanada oshirish maqsadida Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasida ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘ining yangi turi eksperimental ko‘rinishda qo‘llaniladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Piyodalar o‘tish joyidan 50 metr oldin, asfaltda maxsus ogohlantirish yo‘l chizig‘i ko‘rsatiladi. Maxsus yo‘l chizig‘ining bu turi yo‘l xarakati ishtirokchilarini qo‘shimcha himoya qilish uchun mo‘ljallangan.