Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qiymati 1 mlrd 100 mln so‘mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Namangan shahrida fuqaro A.A.ning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlidagi «Kobalt» va «Neksiya 3» rusumli avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va xech qanday xujjatlari bo‘lmagan qo‘l telefonlari borligi aniqlandi.

«Red Mi va HUAWEI brendi ostidagi mazkur smartfonlar jami 867 dona bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ularning umumiy qiymati 1 mlrd 100 mln 102 ming so‘mni tashkil qiladi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.