Ertaga, 7 avgust kuni soat 14.30 dan 15.00 ga qadar Markaziy harbiy okrug hududidagi Kuchishlatar tuzilmalar hamkorligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan harbiy o‘quv mashg‘ulotlar tufayli xalqaro ahamiyatdagi M39 «Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lidagi Zarafshon daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikda avtomobil harakatlari vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uzunligi 160 metr, qatnov qismi esa 10 metrdan iborat bo‘lgan ushbu ko‘prik ustunlariga noqonuniy qurollangan shaxslarni tomonidan o‘rnatilgan, uzoq masofadan boshqariluvchi minadan tozalanish ishlar hamda qurolli kishilarni qo‘lga olish tadbiri ifodalangan mashg‘ulot tezkor va maxsus bo‘linmalar hamkorligida amalga oshiriladi.

Shu munosabati bilan Samarqand-Toshkent va qayta yo‘nalishda harakatlanayotgan yengil avtomobil va yuk mashinalari hamda fuqarolardan oldindan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.