AQSH federal hukumati qariyb 20 yillik tanaffusdan so‘ng o‘lim jazosini ijro etishga qaror qildi. 9 dekabrdan boshlab besh nafar mahbus qatl qilinadi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar qildi.

Deniel Li (Daniel Lewis Lee), Lezmond Mitchell (Lezmond Mitchell), Uesli Purki (Wesley Ira Purkey), Alfred Burjua (Alfred Bourgeois), Dastin Xonkin (Dustin Lee Honken) bolalar va keksalarni qiynash, zo‘rlash va o‘ldirishda ayblanib qamalgan edi. Jazoni ijro etish uchun pentobarbital dori vositasidan foydalaniladi.

Besh mahbusining har biri appelyatsion va suddan keyingi huquqiy himoya usullaridan foydalanish imkoniyatlarini qo‘lladi va hech biri jazoni ijro etishga to‘sqinlik qila olmadi, deyiladi xabarda. Mahkumlar Indiana shtatidagi Terre-Xot qamoqxonasida qatl qilinadi.

Federal darajada uzoq yillardan buyon o‘lim jazosini ijro etishda tanaffus qilingani bilan, shtatlar darajasida oliy jazo qo‘llanib kelinayotgan edi. 2010 yildan 14 ta shtatda pentobarbital 200 ta qatlda qo‘llanildi.