Bojxona xodimlari O‘zbekistonga tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘ymoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakat bilan chegaradosh xududlarda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekistonga tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirayotgan qonunbuzarlar faoliyatiga nuqta qo‘yildi.

Farg‘ona tumanida o‘zining «Damas» rusumli avtomashinasida harakatlanayotgan fuqaro M.X. belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina saloni o‘rindiqlari ostida tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 187,1 million so‘mlik 116 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.