«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi havo harorati juda yuqori bo‘lgani sababli ayrim temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar tezligiga cheklovlar joriy etdi, deya xabar berdi «O‘zbekiston temil yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati.

Quyidagi yo‘nalishlarda tezlik cheklandi:

  • Toshkent — Andijon;
  • Toshkent — Urganch — Xiva;
  • Toshkent — Qo‘nirot;
  • Toshkent — Termiz;
  • Toshkent — Buxoro.

Ushbu yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yilgan, deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zgidromet yaqin bir yarim haftada jazirama issiq harorat qayd etilishi haqida xabar qilgan edi. Havo harorati +42 daraja, janub va cho‘l hududlarida esa +44 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.