AQSH prezidenti Donald Tramp Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasidagi qurolsizlantirilgan hududda Kim Chen In bilan uchrashdi, deya xabar qildi BBC.

Bu joyda ikki mamlakat rahbarlari ilk bor uchrashmoqda. Donald Tramp Shimoliy Koreya hududiga qadam bosgan birinchi AQSH prezidenti bo‘ldi.

«Sizni yana bir bor ko‘rganimdan xursandman», — dedi Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvda. Avvaliga uchrashuvning qisqa, qo‘l siqishish va bir oz muloqot shaklida o‘tishi kutilgan edi.

Qo‘l siqishishdan keyin Donald Tramp demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tdi va Shimoliy Koreya hududiga qadam bosdi. U bir necha qadam tashladi, so‘ngra har ikki rahbar yana bir bor qo‘l siqishib, janubiy tomondagi qurolsizlantirilgan hududga qaytishdi.

Jurnalistlar bilan muloqotda Tramp chegarani ramziy kesib o‘tgani uning uchun ulkan sharaf ekanini ta’kidladi.
«Prezident Trampning hozirgina demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgani bizga tashrif buyurgan birinchi [AQSH] prezidentga aylantirdi», — dedi Kim Chen In.