O‘zbekiston BAAning Mubadala kompaniyasi bilan Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish bo‘yicha investitsion bitim imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) matbuot xizmati xabar qildi.

30-iyun kuni Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklarining Mubadala Utilities kompaniyasi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Energetika vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi masala joriy yilning mart oyida O‘zbekiston prezidentining BAAga tashrifi doirasida erishilgan shartnomalar doirasida Tolimarjon IESni xususiylashtirish bo‘ldi.

Uchrashuvda elektr stansiyasini xususiylashtirish va uning quvvatini oshirish konsepsiyasi taqdim etildi, shuningdek kelishuvlarni amalga oshirishning moliyaviy mexanizmlari ishlab chiqildi, deyiladi xabarda.
Tomonlar 2019-yil oxirigacha investitsion bitim imzolashni rejalashtirmoqda.

2017-yil fevralida Qashqadaryo viloyatida joylashgan Tallimarjon IESda 2017-yil fevralida Janubiy Koreyaning Daewoova Hyundai kompaniyalari tomonidan umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz uskunasi foydalanishga topshirildi.

Qiymati 1,28 mlrd dollar bo‘lgan loyiha stansiyaning elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatini 2,3 barobarga — 10,4 mlrd kV.s ga yetkazishga imkon yaratdi.

Hozirda OTB hamda Yevropa rekonstruksiya va taraqqiyot banklari kreditlari hisobiga umumiy quvvati 900 megavatdan kam bo‘lmagan yana ikkita bug‘-gaz uskunasini qurish loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.