Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Qonun bilan hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.