Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida «Qurol to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qonunga muvofiq, qurollar maqsadi hamda asosiy parametrlari va tavsiflariga ko‘ra fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga bo‘linadi.

Fuqaroviy va xizmat qurollari Milliy gvardiya organlarining uch oylik ruxsatnomalari asosida olinishi mumkin.