O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hindistonda bo‘lib turgan mamlakat fuqarolariga Bihar shtatiga tashrif buyurmaslik va ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

O‘zbekistonning Nyu-Delidagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Bihar shtatining aholisi zich joylashgan hududlarida o‘tkir ensefalit sindromi tarqalmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 80 kishidan ortiq bo‘lib, ular asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

TIV Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zaruriyat tug‘ilganda mamlakatning Nyu-delidagi elchixonasiga: (9111) 24670774, 24670775, 24105640 raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi.