Joriy yilning 12 iyun kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 28 yoshli O.B. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 10 iyun kuni noma’lum shaxs Navoiy shahar hududida joylashgan «Buyum» bozoridagi unga tegishli zargarlik buyumlarini sotish do‘koniga haridor sifatida kirib, uni chalg‘iganligidan foydalanib, umumiy qiymati 170 000 000 so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Mehnatobod MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan 18 yoshli S.M. ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.