Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi, deya xabar qildi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Kabirov Naim Noyobovich Mirzo Ulug‘bek tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi. U (1969 y. t.) Toshkent davlat universiteti (1997) va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2009) tamomlagan. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993 yilda Oqqo‘rg‘on tumani DSIda inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Farg‘ona viloyati DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Maxmadustov Jalol Maxmadustovich Yunusobod tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi. J.Maxmadustov (1973) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (1996 y. t.) hamda Toshkent davlat yuridik institutini (2007) tamomlagan. U soliq tizimida 1996 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib, Toshkent shahri tumanlari inspeksiyalarida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 2018 yil sentyabr oyidan shu kunga qadar DSQning Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Ergashov Jamshid Ashurovich Sergeli tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi. J.Ergashov (1981 y. t.) Termiz davlat universitetini (2003), O‘zbekiston Milliy universitetini (2005) va Bank-moliya akademiyasini (magistratura — 2001) tamomlagan. U 2007−2014 yillarda Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritib, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamentida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Mulladjanov Xojiakbar Xamidovich Shayxontohur tumani DSI boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. X.Mulladjanov (1988 y. t.) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2010) tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2014 yildan Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Yakkasaroy tumani G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Davlatov Ilxomjon Gulamjanovich Bektemir tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi. I.Davlatov (1986 y. t.) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2011) va Bank-moliya akademiyasini (magistratura — 2018) tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2011 yilda Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar ushbu jamg‘armaning Olmazor tumani bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.