O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni Bishkek shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Manas xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev kutib oldi.

Bugun qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga, 14 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.