Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdorda qalbaki dori olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

«Namangan-Sherobod» YPX nazorat maskanida fuqaro A.I.ning boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» rusumli avtomashina to‘xtatilganida, uning yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli 1.200 kassetada 300 mg.lik umumiy qiymati 237,8 million so‘mlik qalbaki «REGAPEN» nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.I., A.S. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.